Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Kuleba: Ukrainaning NATOga bo‘lgan yo‘li qisqaradi
Vilnyusdagi NATO sammiti arafasida Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari «Ukrainaning alyansga qo‘shilish taklifiga aniqlik kiritish»ga chaqirdi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 8 iyul, shanba kuni kechqurun Instagram’da prezident Volodimir Zelenskiyning Bolgariya, Chexiya, Slovakiya va Turkiyaga tashrifi yakunlarini sarhisob qilar ekan: «Ukraina va NATO uchun bir qancha muhim qarorlar kelishib olindi», deb yozdi.
«Bu juda muhim natija, boshqa ko‘p hollarda bo‘lgani kabi bizga bu sodir bo‘lmasligi aytilgan edi, lekin buni eng yaqin hamkorlarimiz bilan birga qildik», deb qo‘shimcha qildi Kuleba. Shu bilan birga, u 11—12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti yakunlariga ko‘ra, Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansigacha bo‘lgan yo‘li «albatta qisqarishini» ta’kidladi.
Shu bilan birga, Ukraina diplomatiyasi rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda «Ukrainaning NATOga qo‘shilish taklifi bo‘yicha aniqlik yo‘q». «Hozir bunga aniqlik kiritish uchun noyob vaqt. NATO uchun bu imkoniyatni qo‘ldan boy berish Putinga barcha jabhalarda sovg‘a berishni anglatadi», dedi Kuleba.
Zelenskiyning Chexiyaga tashrifi chog‘ida prezident Petr Pavel Ukrainani urush tugaganidan so‘ng darhol NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirdi. «Bu bizning xavfsizligimiz, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy farovonlik manfaatlariga ham javob beradi», dedi u. Unga ko‘ra, Chexiya joriy yilda ham Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash ustida ish olib boradi.
Avvalroq Bolgariya parlamenti ko‘pchilik 157 ovoz bilan Ukrainaning urush tugaganidan keyin NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlovchi deklaratsiyani qabul qilgan edi.
Iyun o‘rtalarida Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva 20 davlat uning mamlakatining Shimoliy Atlantika alyansiga a’zoligini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Kiyev NATOga a’zo bo‘lish uchun 31 davlat roziligini olishi kerak.
16 iyun kuni tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida Shimoliy Atlantika alyansining Vilnyusdagi sammitida uning a’zolari «taklifnomani emas, Ukrainani NATOga qanday yaqinlashtirishni muhokama qilishini» bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025