Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda blogerlarga reklamadan soliq to‘lash majburiyati yuklandi va feyklar uchun jarima joriy qilindi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev internet-platformalar va onlayn reklamani tartibga soluvchi qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda «Kursiv». Hujjat blogerlarni yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish va yolg‘on ma’lumotlar uchun javobgarlikka tortishni tartibini belgilaydi.
Qonunda «inflyuyenser (bloger)», «onlayn platforma», «homiylik kontenti», «jamoat hamjamiyati» va boshqa tushunchalar kiritilgan. Blogerlar reklama ostidagi postlarni belgilashi va daromaddan soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, qonunda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Jismoniy shaxslar uchun jarima miqdori 69 ming tengeni (taxminan 155 dollar), bloger-tadbirkorlar uchun esa 138 ming tengeni (300 dollardan sal ko‘proq) tashkil etadi.
Qozog‘istonda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun allaqachon jinoiy javobgarlik, jumladan, katta miqdorda jarima to‘lash nazarda tutilgan. Mamlakat Bosh prokuraturasida ta’kidlanganidek, ma’muriy javobgarlikning joriy etilishi «o‘ta og‘ir jinoyatlar profilaktikasi» vazifasini o‘taydi.
Qonun shuningdek, qozoq tilini onlayn platformalar interfeyslariga integratsiyalashni nazarda tutadi, bu esa tartibga soluvchi organlarga nafaqat noqonuniy kontentni kuzatish, balki uni olib tashlashni talab qilish imkonini beradi. Agar bu talab bajarilmasa, rasmiylar internet-platforma faoliyatini cheklash huquqiga ega bo‘ladi.
Qozog‘iston axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Darxon Qidirali so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun yashirin iqtisodiyot va internetdagi firibgarlikka qarshi kurashda yordam beradi. «Boshqacha qilib aytganda, oflayn hayotdagi mas’uliyat onlayn dunyoda ham talab qilinadi», dedi u.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025