Jahon | 16:29 / 13.07.2023
29943
9 daqiqa o‘qiladi

«Vagner»dan olib qo‘yilgan texnikalar va NATO sammitidagi qo‘riqchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 504-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHKning barcha harbiy texnika va o‘q-dorilarini o‘ziga olganini e’lon qildi.
  • G7 mamlakatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib oldi. Kremlda bu kabi har qanday kafolat RF xavfsizligiga daxl qilishini bildirdi.
  • 58-armiyaning sobiq qo‘mondoni «Rossii 1» efirida Ukrainada general-leytenant Oleg Tsokov halok bo‘lganini tasdiqladi. Avvalroq Tsokov haqida xabar bergan «Voyennyy Osvedomitel» kanaliga ko‘ra, u Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.
  • Oq uyda Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berish masalasi muhokama etilmoqda, deya yozgan The New York Times. Bu raketaning harakatlanish radiusi — 300 kilometr atrofida.
  • «Proyekt» ma’lumotiga ko‘ra, «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z xodimlariga nega isyon uyushtirganini «ruhiyati buzilgani» bilan izohlagan.
  • Rossiya qo‘shini qatorasiga ikkinchi tunda Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Shahar rasmiylari barcha uchuvchisiz uchish apparatlari urib tushirilganini bildirgan.

Zelenskiy NATO sammitida

12 iyul kuni Vilnyusda NATOning ikki kunlik sammiti yakunlandi. Uning asosiy mavzularidan biri alyansga Ukrainaning a’zo bo‘lib kirishi masalasi edi. Volodimir Zelenskiy birinchi kuni Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan shu mavzuga bag‘ishlangan mitingda chiqish qilshdi, keyingi kuni esa Ukraina — NATO Kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi, unda Ukrainaning muhim ittifoqchilari — AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari ham bor edi.

«Katta yettilik» davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini qabul qildi — Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish, razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishib olindi, shuningdek Rossiya hozirgi mojaro yakunlanganidan keyin ham Ukrainaga hujum qilgudek bo‘lsa, zudlik bilan choralar ko‘rishni va’da berishdi.

Sammit yakunlariga ko‘ra Zelenskiy Ukraina qo‘llab-quvvatlovni his qilganini aytdi: «[„Katta yettilik“ yetakchilari] Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu yakdillik bilan Ukraina NATOda bo‘lishini aytishmoqda. Ishonchim komilki, bunday qo‘llov va Ukraina — NATO Kengashi yig‘ilishidagi har bir yetakchining bayonotlariga ko‘ra, xavfsizlik sohasidagi vaziyat barqarorlashishi bilan biz NATOda bo‘lamiz».

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Litva prezidenti Gitanas Nausede bilan qo‘l siqib ko‘rishmoqda. Ularning yonida Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va AQSh prezidenti Jo Bayden
Doug Mills / AP / Scanpix / LETA

«Meduza» sammit vaqtida Vilnyus shahri va mehmonlari qanday qo‘riqlangani haqida fotoreportaj ham taqdim etgan.

Sammit Litexpo biznes markazi hududida o‘tkazildi, marosim vaqtida hudud NATO kuchlari nazorati ostida bo‘ldi

 

Sammitdagi qo‘riqchi jurnalistlar guruhini ekspomarkaz hududi bo‘ylab olib ketmoqda
NATO rahbariyati Litvadagi sammit arafasida Vilnyusni «blok a’zolarining eng ilg‘or qurollari bilan himoyalangan qal’a»ga aylantirdi. NATOning 16 mamlakati sammit himoyasi uchun mingga yaqin harbiylarini, Germaniya Litvaga 12 ta Patriot zenit-raketa komplekslarini, Ispaniya — NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlarini, Fransiya — Caesar o‘ziyurar gaubitsalarini yuborgan. Sammit vaqtida ekspomarkaz ustida uch vertolyot muntazam ravishda aylanib turdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Vilnyusdagi mitingda chiqish qilmoqda. 2023 yil 12 iyul

Donetsk oblastining Seversk shahridagi vaziyat

Donetsk oblastining Seversk shahri — Baxmutdan 30 kilometr shimolda joylashgan, uning atrofida bir yildan buyon og‘ir janglar davom etmoqda. 2023 yil yanvarida Soledar egallangach, Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda, jumladan Severskka tomon yurish qilishi uchun yo‘l ochildi. Ammo «Vagner» XHK Baxmutga yurishni davom ettirishga qaror qildi (may oyida Prigojin ushbu shahar egallanganini e’lon qilgandi, ammo uning atrofida hozir ham janglar davom etmoqda). Ayni vaqtda Seversk Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida qolmoqda — bu Ukraina qo‘shini Soledarga yurish qilishi uchun baza vazifasini o‘tovchi frontbo‘yi shahridir. 

Severskda front chizig‘i yaqinida yonib ketgan avtobus
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Severskda quyosh batareyalaridagi akkumulyatorlar
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
72 yoshli Galina Severskdagi boshpanada taom tayyorlamoqda
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Severskda shikastlangan uy. Devordagi yozuvga ko‘ra, uning yerto‘lasida tinch aholi yashirinadi
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Severskdagi qabrlar
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainaning K-2 bataloni jangchilari oldingi chiziqdagi okopdan atrofni kuzatmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning K-2 bataloni harbiysi Seversk frontidagi yerto‘lada
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
K-2 bataloni jangchilari Seversk atrofidagi pozitsiyada 73-mm kalibrli SPG-9 rusumli orqaga tepmaydigan to‘pdan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Lisichanskdagi neftni qayta ishlovchi zavod ustida tutun. 2022 yil yozida Rossiya kuchlari Severodonetsk va Lisichanskni egallagan, xususan, Lisichansk NQZni shturm qilgandi. Hozirda shahar «LXR» nazorati ostida. Rakursga qaraganda, kadr Ukraina QK pozitsiyasidan turib olingan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi dala hospitali 

Harbiy shifokorlar Baxmut atrofidagi dala hospitalida yarador ukrain askariga yordam ko‘rsatmoqda. Shahar atrofida bir yil oldin boshlangan og‘ir janglar davom etmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

«Vagner» XHKning RF mudofaa vazirligiga topshirgan texnikalari

RF mudofaa vazirligi xabar qilishicha, «reja bo‘yicha» «Vagner» XHK bo‘linmalaridan harbiy texnikalarni qabul qilgan. Gap ikki mingdan ortiq harbiy texnika va qurollar haqida bormoqda: T-90, T-80, T-72B3 tanklari, «Grad» va «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari. Bundan tashqari, Rossiya kuchlari 2,5 ming tonna o‘q-dori va 20 ming dona atrofida o‘qotar qurollarni qabul qilib olgan. Vazirlikning tasdiqlashicha, «o‘nlab texnikalar» hali janglarda qo‘llanmagan.

«Vagner» XHK tomonidan Rossiya qo‘shinlariga topshirilgan og‘ir «Tyulpan» o‘ziyurar minomyoti
RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETA
«Vagner» XHK tomonidan Rossiya qo‘shinlariga topshirilgan qurol va transport vositalari
RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETA
«Vagner» XHK tomonidan Rossiya qo‘shinlariga berilgan tanklar. Bunday texnikalar qatorida T-90, T-80, T-72B3 tanklari bor
RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid