Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevga yana dronlar hujumi va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 505-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 58-armiya qo‘mondoni Ivan Popov RF mudofaa vazirligi rahbariyatini tanqid qilgani uchun lavozimdan chetlatildi.
- WSJ nashri yozishicha, Prigojinning isyonidan keyin general Surovikin bilan birga o‘ndan ortiq rossiyalik yuqori martabali harbiylar qo‘lga olingan.
- Putin Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga qarshi emasligi, ammo bu «RF xavfsizligini ta’minlashning majburiy sharti» bilan bo‘lishi kerakligini aytdi.
- Ukraina qurolli kuchlari AQShdan yangi harbiy yordam paketi doirasida kassetali o‘q-dorilar qabul qilgan. Volodimir Zelenskiy NATOning Vilnyusdagi sammitida bu snaryadlar faqat Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlaridagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun qo‘llanishini aytgandi.
- «Novaya gazeta Yevropa» rossiyalik biznesmenlar orasidagi urushning asosiy benefitsiarlari nomlarini aytdi. Bular Vladimir Potanin va Leonid Mixelson.
Kiyev bo‘ylab dronlar zarbasi
13 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari shahar bo‘ylab uchirilgan 20 drondan «o‘nga yaqinini» urib tushirgan, parchalar shaharning Darnitskiy, Solomenskiy, Shevchenkovskiy, Obolonskiy va Podolskiy rayonlariga tushgan. Ukraina FVDX xabariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan.
Rossiya Kiyevga qatorasiga uchinchi tunda dronlar bilan hujum qildi. 11 va 12 iyul kunlari Kiyevda jabrlanganlar va vayrongarchiliklar bo‘lmagandi, barcha dronlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgandi.





Baxmut atrofida janglar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA





Kiyev atrofida harbiy formani o‘lchab ko‘rayotgan ukrainalik ayol

Maydandagi memorial

Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025