Frontda sovet davri qurollari va Abrams tankida shug‘ullanayotgan ukrainlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 506-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga «Vagner» XHK jangchilari yetib kelganini ma’lum qildi. Ular harbiy instruktor vazifasini bajaradi.
- JAR hukumati BRICS sammitida Rossiya nomidan Putin o‘rniga Lavrov qatnashishini so‘ragan. Moskva rad etgan.
- Bryans oblastidagi Belaya Berezka posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralandi.
- Davlat dumasi oddiy askarlar va serjantlar zaxirada bo‘lishining maksimal yoshini 50 dan 55 ga ko‘taruvchi qonun loyihasini qabul qildi.
- The Washington Post nashri yozishicha, Zelenskiyning NATO «zaifligi» to‘g‘risidagi tvitidan keyin AQSh hukumati Ukrainani alyansga taklif etish masalasini muhokama qilgan.
- Voronejga uchayotgan uch dron urib tushirilgan. Kursk oblastining Kurchatov shahrida dron qulashi oqibatida bir uy shikastlangan.
- Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Krivoy Rogda bir necha bino shikastlangan, bir kishi jarohat olgan.
Ukraina harbiylari «Partizan» tizimini qo‘llamoqda
Ikki raqib — Ukraina qurolli kuchlari ham, RF qurolli kuchlari ham — urushning 500 kunidan keyin texnika taqchilligini his qilmoqda. Bunga birinchi yildagi yo‘qotishlar ham, armiya soni o‘sgani ham ta’sir qilmoqda: endilikda ko‘proq askarlarni qurollantirish talab etilmoqda. Ikki tomon ham shushpanserlardan (turli texnikalarning gibridlari va qo‘lbola qurollar) ham, samarasi shubhali bo‘lgan sovet davriga mansub ishlanmalardan ham foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Ukraina qurolli kuchlari «Grad» tizimining faqat bitta raketasini uchirish mumkin bo‘lgan, qo‘lda olib yuriluvchi 9P132 «Grad-P» («Partizan») qurilmasidan qanday foydalanayotganini namoyish etdi. Bu tizim 1960-yillarda AQSh armiyasiga qarshi kurashda qo‘llash uchun Shimoliy Vetnam armiyasi buyurtmasi bilan ishlab chiqilgan. «Partizan»ni «Grad»dan farqli ravishda, yashiringan holda qo‘llash mumkin, undan raketani piyodaning o‘zi uchira oladi va bunda u artilleriyachilardan qo‘llab-quvvatlashni so‘rashiga hojat bo‘lmaydi. Ammo katta minusi bor: «Grad»dan farqli ravishda «Partizan» baravariga o‘t ocha olmaydi va natijada uning qo‘llanishi samaradorligi pasayadi. Rossiya armiyasi ham frontda «Partizan» tizimidan foydalanmoqda.
Donbassda qirol Daniil nomidagi brigada jangchilari
Abrams tankida shug‘ullanayotgan ukrain askarlari
Mavzuga oid
10:11
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31
Yevropa Baydendan ketishidan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘ramoqda
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024