Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorining 10-partiyasi yetkazildi
114 qutida 3 ming donadan ortiq dori vositalari Virusologiya instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Shu yil 15 iyul kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining o‘ninchi qismini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda davlat rahbarining «Gepatit S» kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolash bo‘yicha» saylovoldi tashabbusi ijrosi doirasida Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida amalga oshirildi.
Umumiy hajmi 114 qutida 3 ming donadan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Mavzuga oid
21:05 / 25.11.2024
Qizil dengizda ichida turistlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024