Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston yoz oxirigacha O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi
Qirg‘iziston avval import qilingan 450 mln kVt·soat elektr energiyasini Qozog‘iston va O‘zbekistonga qaytaradi.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ikki davlatga avval olingan elektr energiyasini qaytarish iyundan avgustgacha amalga oshiriladi. Hujjatda aytilishicha, mart oyida Qirg‘iziston O‘zbekistondan ayirboshlash orqali 150 million kVt·soat elektr energiyasi import qilgan va yozda uni qaytarib bermoqchi. Avvalroq Qozog‘istondan ham mamlakatga 300 million kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berilgan edi.
Energetika vazirligi 2021-2022 yillarda Qirg‘iziston qo‘shni davlatlardan 1,4 mlrd kVt·soat, jumladan, Qozog‘istondan 900 mln kVt·soat, O‘zbekistondan 504,4 mln kVt·soat elektr energiyasi olgan.
«2021-2022 yillarda O‘zbekiston energetika tizimiga 500 mln kVt·soat, Qozog‘istonga 600 mln kVt·soat elektr energiyasi qaytarildi», deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
21:27 / 23.05.2025