Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada Qur’on bilan bog‘liq aksiya musulmon davlatlarining g‘azabini keltirdi
Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron va Turkiya Stokholmdagi aksiyada «Qur’on tahqirlangani» munosabati bilan Shvetsiyaga norozilik bildirdi.
Stokholmdagi Iroq elchixonasi yaqinida ikki namoyishchi Qur’onni oyoq osti qilib, uni yoqib yuborishga uringan aksiya musulmon mamlakatlarida norozilik to‘lqiniga sabab bo‘ldi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni 20 iyul, payshanba kuni Shvetsiyaning Ar-Riyoddagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, unga «Qur’on tahqirlangani» uchun norozilik notasini topshirdi, deyiladi Saudiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Qatar va Eron rasmiylari ham Shvetsiya elchilariga norozilik bildirgan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan jirkanch hujumni «qat’iy qoralashini» aytgan. «Biz Shvetsiyadan islomga va milliardlab dindorlarga qarshi shu kabi nafrat jinoyatlarining oldini olish choralarini ko‘rishini kutamiz», — deya ma’lum qildi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi.
Shvetsiya matbuotiga ko‘ra, aksiya ishtirokchilaridan biri Qur’on nusxasini oyoq osti qilgan, so‘ng yig‘ilgan odamlar va kameralardan yuz o‘girib, boshqa ishtirokchi bilan birgalikda kitobga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq u yonib ketmagan. Shu munosabat bilan Iroq hukumati Stokholmdagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirib oldi, shuningdek, Shvetsiya elchisi Jyessika Svardstryomni mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini e’lon qildi.
Livanda «Hizbulloh» guruhi arab va islom davlatlarini Bag‘doddan o‘rnak olib, Shvetsiya elchilarini chiqarib yuborish va o‘z muvaqqat vakillarini Stokholmdan olib chiqishga chaqirdi.
Iroq poytaxti Bag‘dodda Stokholmda Qur’on yoqib yuborilishi haqida e’lon qilingan aksiya arafasida yuzlab namoyishchilar Shvetsiya elchixonasi binosiga bostirib kirib, uni yoqib yubordi. Iroq politsiyasi olomonni tarqatish uchun suv purkagichlar va elektroshokerlardan foydalangan.
Iroq va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari diplomatik missiya binosiga uyushtirilgan hujumni qoraladi. Voqea Britaniya rasmiylari tomonidan ham keskin qoralangan. London Bag‘dod hukumatining aybdorlarni javobgarlikka tortish niyatini olqishlashini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025