Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada yong‘inlar sababli 20 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Gretsiya o‘t o‘chiruvchilari Rodosdagi o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyatni tarixdagi eng og‘ir holatlardan biri deb atamoqda.
Gretsiyaning Rodos orolida o‘rmon yong‘inlari sababli 20 mingdan ortiq odam – sayyohlar va mahalliy aholi evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda Reuters 24 iyul, dushanba kuni.
Turoperatorlar kun davomida 1500 ga yaqin dam oluvchilarni uylariga olib keldi. Bungacha, 19 iyuldan beri yong‘in Rodos janubi-sharqidagi qirg‘oq bo‘yidagi kurortlarga yetib borishi sababli oroldan 19 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan edi. Gretsiya qutqaruv xizmatlari orolda yong‘inlar tarixdagi eng qiyin vaziyatlardan birini yuzaga keltirganini ma’lum qildi.
Yong‘inlar tufayli, shuningdek, Gretsiya qit’a qismining shimoli-g‘arbidagi Korfu orolidan 2500 ga yaqin odamning evakuatsiya qilinishi haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, ularning ba’zilari allaqachon mehmonxonalariga qaytishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Reuters.
Rodosda haddan tashqari issiqlik va qurg‘oqchilik tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi. O‘tgan hafta davomida Gretsiya qit’a qismining janubida havo harorati Tselsiy bo‘yicha 44 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, jazirama to‘lqin uzoq davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025