Jahon | 22:19 / 25.07.2023
10273
1 daqiqa o‘qiladi

Parij ma’muriyati 100 yillik tanaffusdan keyin Sena daryosida cho‘milishga ruxsat beradi 

Ilgari, ifloslanishning kuchli darajasi tufayli cho‘milish taqiqlangan edi. 

Foto: Shutterstock

Parij ma’muriyati 100 yillik tanaffusdan keyin Sena daryosida suzishga ruxsat bermoqchi. Ayni paytda Fransiya poytaxtining bosh daryosi tubini tozalash ishlari olib borilmoqda. 

Ilgari Senada suzish kuchli ifloslanish sababli taqiqlangan va bu taqiq yuz yil davomida amal qilgan edi. Parij ma’muriyati 2024 yilgi yozgi Olimpiadaga tayyorgarlik doirasida daryoni tozalashga 1,4 mlrd yevro sarfladi. 

O‘yinlar dasturiga ko‘ra, Senada Olimpiya va Paralimpiya musobaqalaridan uchtasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Gap triatlon, marafon suzish va paratriatlon haqida bormoqda. Olimpiada tugagach, daryo qirg‘og‘ida ochiq havoda suzish uchun uchta maydon ochiladi. 

«Odamlar Senada suzayotgan sportchilarni ko‘rib, daryoda cho‘milish xavfsiz ekanini anglaydi va bu jarayonga qo‘shiladi. Bu bizning kelajakka qo‘shgan hissamiz», dedi Parij meri o‘rinbosari Piyer Rabadan. 

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid