Denov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi
Denov tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari tomonidan jami 11,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgan. Xususan, 2022-2023 yillarda ishlamagan 141 nafar fuqaro nomiga 4,8 mlrd so‘m ish haqi hisoblangan.
Surxondaryo viloyati Denov tumani maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida qisqa muddatli nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, masofaviy tarzda olib borilgan risk-tahlillarda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayrimlarida qariyb 3 mlrd so‘mga yaqin budjet mablag‘larining noqonuniy sarflangani bo‘yicha shubhali to‘lovlar aniqlangan.
“Shu asosda o‘tkazilgan tekshirish natijalari ko‘ra jami 11,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari maktabgacha ta’lim bo‘limining ayrim mas’ul xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda o‘zlashtirilgan. Xususan, 2022-2023 yillarda ishlamagan 141 nafar fuqarolar nomiga 4,8 mlrd so‘m ish haqi hisoblangan”, deyiladi Hisob palatasi bayonotida.
Shuningdek, 2020-2021 yillarda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar uchun hisoblangan ish haqiga nisbatan bankdan ortiqcha naqd pullar olinib, soxta to‘lov qaydnomalari orqali 1,6 mlrd so‘m hamda hech qanday to‘lov qaydnomalarisiz 3,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, budjet tashkilotining xarajatlar smetasida xodimlarning ish haqi to‘lovlari uchun rejalashtirilgan 529,1 mln so‘m mablag‘lar xodimlarning roziligisiz gazeta va jurnallar obunasi uchun o‘tkazib yuborilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00 / 11.11.2024