Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lochin» o‘tkazish punkti blokadasi: Yerevan va Stepanakertda mitinglar o‘tkazildi
Tog‘li Qorabog‘ aholisini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yerevanda o‘tkazilgan mitingda minglab odamlar ishtirok etdi. Yerevan va Boku tinchlik kelishuvi loyihasi ustida ishlamoqda, dedi Armaniston bosh vaziri.
25 iyul, seshanba kuni kechqurun Yerevan va Stepanakertda bir vaqtning o‘zida Tog‘li Qorabog‘ga insonparvarlik yuklarini yetkazib berish uchun Lochin yo‘lagi blokadasini ochish talabi bilan mitinglar boshlandi, deb yozadi rus tilidagi OAV va arman axborot portallari. TASS agentligi xabariga ko‘ra, Armaniston poytaxti markazidagi mitingga bir necha ming kishi to‘plangan. Ulardan ba’zilari qo‘llarida «hayotga yo‘l ochish» va «soxta insonparvarlikdan voz kechish» haqida yozilgan plakatlarni ushlab turgan, deya xabar beradi nashr.
Avvalroq, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan «muammodan chiqishning eng yaxshi yo‘li» Tog‘li Qorabog‘ aholisining Boku bilan o‘z huquqlari va xavfsizligi bo‘yicha «xalqaro mexanizm doirasida» muloqot boshlashga tayyorligi bo‘ladi, degan fikrni bildirdi. Shuningdek, u Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik kelishuvi loyihasi ustida ish davom etayotganini, tomonlar hujjatni imzolash bosqichiga hali yetib bormaganini aytdi, deb xabar beradi «Interfaks».
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Bryussel va Pragada erishilgan hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlar asosida Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor.
Bir kun avval tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi vakili Arayik Arutyunyan mintaqa o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi uchun kurashni davom ettirishini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
10:41 / 13.06.2024
Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
09:06 / 27.05.2024
Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi
15:23 / 13.05.2024