Jahon | 14:46 / 28.07.2023
14956
4 daqiqa o‘qiladi

Qarshi hujumda qatnashayotgan shifokorlar va dron uchirayotgan harbiylar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 519-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya yo‘nalishida harbiy harakatlarni faollashtirganini ma’lum qildi. Ukrainalik harbiylar payshanba kuni kechqurun Zaporijjya va Donetsk oblastlari chegarasidagi Staromayorske qishlog‘ini ozod etishdi.
  • RBK ma’lumotiga ko‘ra, Davlat dumasi deputatlariga mudofaa vaziri Sergey Shoygu va RF Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ruxsatisiz harbiy harakatlar hududiga borish taqiqlangan.
  • Ukrainada harbiy holat muddati uzaytirildi. Oliy rada uchun 18 avgust kuniga belgilangan saylovlar o‘tkazilmaydi. Keyingi parlament saylovlari 2023 yil 29 oktyabrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
  • Checheniston IIV 30 yoshga to‘lmaganlarga qarindoshlari guvohligisiz xorijga chiqish pasportlarini bermayapti. Respublikadagilar buni xorijga safar maqsadi «RF manfaatlari»ga xilof kelmasligi kerakligi bilan tushuntirishgan.

Ukraina QKning Baxmut atrofidagi va Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktlari

Ukrainalik harbiy vrachlar Baxmut atrofidagi tibbiy punktda yarador askarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tibbiyot xodimlari yarador ukrain askarini tez yordam mashinasiga chiqarmoqda (surat aynan qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan)
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktda yarador askarga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QKning Zaporijjya oblastidagi tibbiy punkti
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi tibbiy punktda yarador askarni davolayotgan shifokor
Kateryna Klochko / AP / Scanpix / LETA
Harbiy shifokorlar ukrainalik jangchi jasadini ko‘zdan kechirmoqda (surat aynan qayerda olinganiga aniqlik kiritilmagan)
Reuters / Scanpix / LETA

Xerson yaqinidagi ukrain harbiylari

 

Ukrainalik jangchi dron uchirishga tayyorlanmoqda. Xerson oblasti kengashi raisi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrain harbiylarining muvaffaqiyatlari tufayli RF armiyasi Xerson oblastining Ukraina qurolli kuchlari nazoratidagi o‘ng sohilini o‘qqa tutishni kamaytirgan. Shu bilan birga, 27 iyul kuni oblast harbiy ma’muriyati Rossiya qo‘shini Xersondan yuz kilometr masofadagi Gavrilovka qishlog‘ini o‘qqa tutgani — bir ayol halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi yaralanganini xabar qildi. RF mudofaa vazirligi 27 iyul kungi hisobotida Xerson oblastini tilga olmagan.
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiy Rossiya pozitsiyalaridan bir necha kilometr masofadagi vayrona binoda dron uchirishga tayyorlanmoqda.
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchilari RF armiyasi pozitsiyasi tomon dron uchirmoqda
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar dron parvozini kuzatmoqda
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Rossiyada temiryo‘lda portlash uyushtirgan ukrainalik 22 yilga qamaldi 

Ukrainaning Slovyansk shahridan bo‘lgan santexnik Sergey Belavin 2022 yil 9 iyulida Bryansk oblastidagi temiryo‘lning Robchik — Peschanka peregonida ro‘y bergan portlash ishi bo‘yicha 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Belavin «Ukraina bosh razvedka boshqarmasi vakillari tomonidan yollangan va pul mukofoti evaziga uning rahbarligidagi guruh tarkibiga kirgan». «Kommersant»ning yozishicha, ukrainalik o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid