Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:53 / 07.08.2023
22568
5 daqiqa o‘qiladi
Ukrainadagi jazirama va frontdagi yaradorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 529-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Qrim va Xerson oblasti o‘rtasidagi Chongar va Genichesk ko‘priklari o‘qqa tutildi. Chongar posyolkasida ko‘prikdan tashqari maktab binosi shikastlangan. Genichesk ko‘prigi yaqinida raketa gaz quvuriga zarar yetkazgan. Portlash vaqtida ko‘prik bo‘ylab avtomobilida harakatlangan tinch aholi vakillaridan biri jarohat olgan. Qrimning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov hujumda Ukraina qurolli kuchlarini aybladi. Ukraina tomoni hodisa yuzasidan izoh bermadi.
- Reuters xabariga ko‘ra, Jiddada o‘tkazilgan Ukrainadagi urushga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilari qo‘shma bayonot berishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, agentlik bilan suhbatlashgan Yevroittifoq rasmiysi muzokaralarga ijobiy baho bergan. Rossiya bu muzokaralarga taklif etilmagandi.
- Sergey Sobyanin 6 avgust tongida Moskvaga «dron bilan yorib kirishga urinish» bo‘lganini xabar qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan — buni RF mudofaa vazirligi h am tasdiqlagan. Dron Podolsk yaqinida qulagan. Baza nashri yozishicha, 77 yoshli kishi yaralangan, boshqa manbalar bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
- Belgorod oblastida sud Ukraina fuqarosi Vitaliy Krivoshlikni davlatga xiyonat bo‘yicha ishda ayblab, 12 yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil mayida qo‘lga olingan Krivoshlik Belgorod oblastida Rossiya harbiy texnikalari va bo‘linmalari harakati bo‘yicha ma’lumot to‘plagan, keyin ularni Ukraina xavfsizlik xizmatiga yetkazgan. Sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan.
- 6 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Ukraina QK 30 raketa va 27 dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina QKning Xmelnitskaya va Rivnen oblastlaridagi aviabazalariga hujum qilinib, «barcha belgilangan obektlar» aniq nishonga olingan.
Kun kadri. Zaporijjyadagi plyajda tankka qarshi to‘siqlar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida razvedkachi dronlarni uchirayotgan ukrain harbiylari
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastidagi tibbiyot punkti
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Frontning turli chekkalaridan suratlar









Kiyevdagi «Ona Vatan» monumentida o‘rnatilgan Ukraina gerbi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025