Urganch shahar IIB boshlig‘i YTHda halok bo‘ldi
Uning mashinasi yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgani aytilmoqda.

Xorazm viloyati, Urganch shahrida ichki ishlar organi bo‘lim boshlig‘i avtofalokat oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
4 avgust kuni Urganch–Xiva yo‘lida Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Temur Yo‘ldoshevga biriktirilgan Lacetti xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, mashina yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Oqibatda Temur Yo‘ldoshev hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:35 / 25.03.2025