O‘zbekiston | 07:30 / 09.08.2023
941
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Amerika xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tadi

6-8 sentabr kunlari «Yangi O‘zbekiston» universitetida O‘zbekiston-Amerika xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tadbirda Amerika standartlariga asoslangan ilg‘or yondashuv va ilg‘or tajribalarni mahalliy tibbiyotga joriy etish, sarmoyalarni jalb etish masalalari muhokama qilinadi.

Konferensiya ko‘p tarmoqli ilmiy tadbir hisoblanib, unga kimyo, fizika, informatika va matematika yo‘nalishlari bo‘yicha jahon miqyosidagi tadqiqotchi olimlar taklif etilgan.

Spikerlar dunyoning global ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar sessiyalarida ma’ruza qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid