Harbiy sud hamda ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishi bilan harbiy sud, ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Sadriddin Eshonqulov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Abduhalim Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
To‘rabek Qodirqulov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
G‘olibjon Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
Alisher Abdurahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

09:31 / 21.05.2025
Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda

20:07 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi

09:41 / 16.05.2025