O‘zbekiston | 13:32 / 15.08.2023
7166
1 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar Bekzod Narimonovni ombudsman o‘rinbosari lavozimiga sayladi 

Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.

Bekzod Narimonov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlis davomida deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda «Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimonovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.

Majlisda deputatlar muhokamalardan so‘ng B.Narimonov nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi va mazkur qaror Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.

Ma’lumot uchun, Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid