Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxachqal’ada portlash: 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam jarohatlandi
Dog‘iston markazidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan yong‘in va portlash oqibatida 27 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘lgan. 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Dog‘iston respublikasi markazi Maxachqal’a shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 102 kishi jarohatlandi. Bu ma’lumot Dog‘iston rahbari Sergey Melikov tomonidan tasdiqlangan. Dog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola borligini ma’lum qildi.
Portlash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in tasvirlari telegram-kanallarda e’lon qilindi.
Bir necha soat o‘tgach, 600 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yong‘in o‘chirilgan. «Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chiruvchilari ochiq yonishni bartaraf etdi. Tuzilmalarga suv quyish va demontaj qilish ishlari olib borilmoqda», deyiladi Rossiya FVV xabarida.
Avvalroq idora shahardan chiqishda avtoservis yonib ketgani, shundan so‘ng yong‘in yaqin atrofdagi yonilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgani haqida xabar bergandi. Hudud Ichki ishlar vazirligi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi sakkizta suyultirilgan gaz sisternasidan faqat ikkitasi portlagani sababli, yong‘in takrorlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Shot Telegram-kanali FVVdagi manbasiga tayanib yozishicha, portlash to‘lqini tufayli yonayotgan yonilg‘i alanga ichida qolgan avtoservisni ko‘rish uchun kelgan va undan 50 metr radiusda bo‘lgan odamlarga yopirilgan. Mash Telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib, portlash oqibatida odamlar bo‘lgan avtobus butunlay yonib ketganini da’vo qilmoqda.
Mash’ning yozishicha, yonilg‘i quyish shoxobchasi hududida birorta ham o‘t o‘chirish gidranti ishlamagan, yong‘inni o‘chirish uchun suv qo‘shni hududlardan olib kelingan, jabrlanganlar mahalliy aholi tomonidan shifoxonalarga yetkazilgan. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi, o‘z navbatida, jabrlanganlarni qutqarishda yettita tez yordam brigadasi qatnashayotgani, shifoxonalar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgani haqida xabar berdi. OAV avvalroq portlash sodir bo‘lgan joyga eng yaqin joylashgan Novolak kasalxonasidan olingan kadrlarni e’lon qilgan edi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning bir qismi keyin boshqa tibbiyot muassasalariga o‘tkazilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarni Moskvaga olib borish uchun Maxachqal’aga maxsus samolyot yubordi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025