O‘zbekiston | 11:03 / 16.08.2023
18006
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. 

Foto: t.me/joqargikenes

Bayram Otemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi

U yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishlariga mas’ul bo‘ladi.

Tayinlovga qadar B.Otemuratov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori edi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining avvalgi o‘rinbosari Abatbay Daniyarov Nukus shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.

photo_2023-08-16_10-04-06.jpg
photo_2023-08-16_10-04-07.jpg

Mavzuga oid