O‘zbekiston | 07:48 / 16.08.2023
7990
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Navoiy viloyatida zamonaviy laboratoriya ochishni rejalashtirmoqda

Navoiy viloyati hokimligida Turkiyaning Diaclinica tibbiyot kompaniyasi rahbari Mehmed Emin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda viloyatda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

O‘z navbatida, viloyat rahbariyati bu borada har qancha ko‘mak va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Muzokaralar natijasida sohaga Turkiya investitsiyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Diaclinica kompaniyasi o‘z faoliyatini 2002 yilda boshlagan. 2007 yildan dunyo bo‘yicha yuqori sifatli diagnostika reagentlari va to‘plamlarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berish borasida ham faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda ushbu kompaniya O‘zbekiston bo‘yicha o‘z filialini Navoiyda ochdi va markazlashgan laboratoriya tashkil etish uchun yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni olib kirish ishlarini boshlab yuborgan.

Mavzuga oid