Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan 700 km uzoqlikda Qozog‘istondagi birinchi AES qurilishi mumkin
Buning uchun Balqash ko‘li yaqinidagi Ulken qishlog‘i tanlab olindi.
Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasi (AES) Olmaota viloyatining Jambil tumanidagi Ulken qishlog‘i hududida quriladi.
Qozog‘iston Energetika vazirligining eslatishicha, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, atom inshootlari qurilishi uchastkasi to‘g‘risidagi qaror mahalliy vakillik organlarining roziligi bilan mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinadi. Ulken qishlog‘ida AES qurilishi to‘g‘risidagi qaror Olmaota viloyati maslahat kengashi tomonidan 2022 yil noyabr oyida bir shart bilan ma’qullangan: hudud aholisi loyihani qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Energetika vazirligi Qozog‘istonda AES quradigan kompaniya haqida hali yakuniy qarorga kelmadi. Bu bo‘yicha da’vogarlar ro‘yxatidan to‘rtta kompaniya joy egallagan:
- Xitoyning CNNC kompaniyasi HPR-1000 reaktori bilan;
- Janubiy Koreyaning KHNP kompaniyasi APR-1400 reaktori bilan;
- Rossiyaning Rosatom kompaniyasi VVER-1200 va VVER-1000 reaktorlari bilan;
- Fransiyaning EDF kompaniyasi EPR-1200 reaktori bilan.
Ulken qishlog‘i Qozog‘istonning Balqash ko‘li yaqinida joylashgan va Toshkent shahridan taxminan 700 km uzoqlikda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
16:41 / 22.05.2025