Jahon | 22:18 / 17.08.2023
10137
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya terrorizm tahdidi darajasini oshirdi 

Mamlakat terrorchilar uchun ustuvor nishonga aylangani aytilmoqda. 

Foto: Reuters

Shvetsiya terrorchilar uchun ustuvor nishonga aylandi, shu sababli terrorchilik xavfi darajasi 4 ga oshirildi (eng yuqori daraja 5 hisoblanadi). Bu haqda Shvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati xabarida aytiladi. 

«Tahdid darajasi besh balli shkala bo‘yicha to‘rtinchiga chiqarildi. Terrorchilik tahdidi darajasining oshishi barcha tegishli xizmatlar uchun terakt xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan ishlashni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida signal bo‘lishi kerak», deyiladi bayonotda. 

Departamentning ta’kidlashicha, terrorchilik tahdidi darajasining oshishi hech qanday aniq hodisa bilan bog‘liq emas. 

Xavfsizlik politsiyasi boshlig‘i Sharlotta fon Essen so‘zlariga ko‘ra, «Shvetsiya terrorchilik hujumlari uchun tabiiy nishondan ustuvor nishonga aylandi. Endi bu tahdid uzoq vaqt davom etadi, deb ishoniladi». 

Yozda Shvetsiya va Daniyada Qur’onni yoqish bilan bog‘liq bir qancha aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Xususan, Qurbon hayiti nishonlanadigan 28 iyun kuni Stokholmda Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashlab, yoqib yubordi. Bu harakat Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasi oldida dindorlarning noroziliklariga sabab bo‘ldi. Yig‘ilganlar Qur’onni yoqib yuborgan muhojirni Iroqqa qaytarishni talab qilishdi. Keyin namoyishchilar elchixona hududiga bostirib kirishdi.

Mavzuga oid