O‘zbekiston | 08:17 / 06.09.2023
3633
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi 

Assotsiatsiya faoliyati shaharsozlikni rivojlantirishga qiziquvchilarni birlashtirish, shaharsozlik sanoati kadrlari salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Foto: Kun.uz

“Yuksalish” umummilliy harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi O‘zbekistonning yosh arxitektorlari mustaqil uyushmasiga aylantirildi.

2021 yilning aprel oyida “Yuksalish” harakati qoshida mahalliy arxitektorlar va loyihalovchilarning norasmiy uyushmasi tuzilgan edi.

Assotsiatsiya faoliyati O‘zbekistonda shaharsozlikni rivojlantirishga qiziquvchi yuridik shaxslar va ekspertlarni birlashtirish, ularning kasbiy manfaatlarini ifodalash, shaharsozlik sanoati kadrlarining salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Arxitekturaviy loyihalash bozorini o‘rganish, uning ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va rivojlanishiga ko‘maklashish, arxitektura sohasi mutaxassislarining bandligini ta’minlash, professional muloqot tashkil qilish va tajriba almashishni maqsad qilgan.

Bundan oldin “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini yangilagandi.

Mavzuga oid