O‘zbekiston | 22:14 / 06.09.2023
7970
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi 

Ikki davlatning bojxona chegarasi orqali quvur yo‘li transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan energiya resurslari ustidan bojxona nazorati tashkil etiladi. 

Foto: Unsplash

Qozog‘iston parlamenti Majilisi yig‘ilishida «Qozog‘iston hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali energiya resurslarini quvur yo‘li transporti va elektr liniyasi orqali o‘tkazish jarayonida qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risida»gi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bitim 2021 yil 6 dekabr kuni Astana shahrida imzolangan. 

«Bitimning maqsadi - Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali quvur yo‘li transporti va elektr uzatish liniyalaridan olib o‘tiladigan energiya resurslarini nazorat qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Hujjat ikki davlatning bojxona chegarasi orqali quvur yo‘li transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan energiya resurslari ustidan birgalikda bojxona nazoratini tashkil etishni nazarda tutadi», dedi Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Yerulan Jamaubayev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv energiya resurslarini bojxona deklaratsiyasi va bojxona nazorati bo‘yicha tajriba, bojxona ishi sohasidagi davlatlarning milliy qonunchiligi talablari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan almashishni ko‘zda tutadi. 

«Mazkur bitimni ratifikatsiya qilish mamlakat uchun salbiy ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi va respublika budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab qilmaydi», dedi vazir. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid