Jahon | 18:29 / 13.09.2023
8821
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi 

Yangi tarkibda Vazirlar Mahkamasining 19 nafar a’zosidan 11 nafari almashtiriladi.

Foto: Reuters

Yaponiya hukumati to‘lig‘icha iste’foga chiqdi va bosh vazir Fumio Kishida buni qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi yaqin orada e’lon qilinishi kerak, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Qayd etilishicha, yangi tarkibda Vazirlar Mahkamasining 19 nafar a’zosidan 11 nafari almashtiriladi. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga yangi rahbarlar tayinlanadi.

Bundan tashqari, hukumatda besh nafar ayol bo‘lishi kutilmoqda, bu Yaponiya tarixidagi eng katta raqam.

Fumio Kishida vazirlar mahkamasini shakllantirish bo‘yicha Komeyto partiyasi rahbari, Liberal-demokratik partiyaning hukmron koalitsiyadagi sherigi Natsuo Yamaguchi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shundan so‘ng, yangi hukumat tuziladi, uning tarkibi Yaponiya imperatori Naruhito tomonidan maxsus marosimda tasdiqlanishi lozim.

Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasini yangilash istagi 2021 yilning kuzida xabar qilingan edi.

Kyodo agentligining yozishicha, mo‘’tadil siyosatchi Kishida islohot o‘z ma’muriyatiga turtki berishiga, uning Liberal-demokratik partiyasining Vakillar palatasidagi navbatdagi saylovlarda g‘alaba qozonishiga yo‘l ochib berishiga va 2024 yilda LDP prezidentlik poygasi oldidan o‘z partiyasi ichida qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishiga umid qilmoqda.

Mavzuga oid