Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
28 mingdan ziyod o‘zbekistonlik chet davlatlarda manzilli ishga joylashtirildi
Bugungi kunda Germaniya, Isroil, Yaponiya, Finlandiya, Turkiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida 28 mingdan ziyod o‘zbekistonlik chet davlatlarda manzilli ishlarga joylashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.
Mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida 10 ta xorijiy davlatning 74 ta vakolatli tashkilot va salohiyatli ish beruvchilari bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Yil boshidan iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 100 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni aniqlanib, ulardan 20 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlariga talabnomalar olingan.
Bugungi kunda Germaniya, Isroil, Yaponiya, Finlandiya, Turkiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda aniqlangan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha chet tillari, xususan, nemis, ingliz, ivrit va yapon tillarini biladigan va kasbiy malakaga ega bo‘lgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025