Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti surati paydo bo‘ldi
Samolyot O‘zbekistonga o‘tgan yilning oktyabr oyida yetkazilgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti suratlari paydo bo‘ldi. Bunga «Novosti Tashkenskogo Neba» Telegram-kanali e’tibor qaratdi.
Planespotters.net sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Tashkent Air mahalliy aviakompaniyasi parki O‘zbekistonga 2022 yil oktyabr oyida yetkazib berilgan bitta Airbus A330−200 samolyotidan iborat. Tuluzada ishlab chiqarilgan samolyot deyarli 21 yoshda.
Tashkent Air aviakompaniyasining birinchi samolyoti allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan - UK33077. Unda aviakompaniya nomi ham bor.
Dastlab Airbus A330−200 Parij havo bandargohida joylashgan XL Airways France fransuz aviatashuvchisiga tegishli edi. Kompaniya uzoq yillar davomida turli aviatashuvchilarga samolyotlarni ijaraga berib kelmoqda. Samolyotning so‘nggi ekspluatanti Turkiyaning Onur Air kompaniyasi bo‘lib, u bortni 2020 yil aprel oyida qabul qilib olgan.
Tashkent Air Centrum Air, Silk Avia va Asia Union Airlines bilan birgalikda joriy yilning birinchi yarmida ish boshladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025