Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha muqaddas kitoblar, jumladan Qur’on ham buzg‘unchilikdan qonuniy himoyaga loyiq - To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti BMT minbaridan turib, muqaddas kitoblarga bo‘lgan chuqur hurmatsizlik harakatlaridan xavotirda ekanini aytdi.
Barcha muqaddas kitoblar, jumladan Qur’on ham vandalizmdan huquqiy himoyaga loyiqdir. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi umumiy munozaradagi nutqida aytib o‘tdi.
«Ammo tinchlikka erishish faqat qurollarni taqiqlash yoki deklaratsiyalarni imzolashdan iborat emas. Tinchlik madaniyatini shakllantirishda dinlararo va konfessiyalararo muloqot asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun biz so‘nggi paytlarda muqaddas kitoblarga bo‘lgan chuqur hurmatsizlik harakatlaridan xavotirdamiz. Islomga yoki boshqa dinga qarshi bunday vahshiy harakatlarni erkinlik, so‘z erkinligi va demokratiya ifodasi sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Barcha muqaddas kitoblar, jumladan, Qur’on ham buzg‘unchilikdan qonuniy himoyaga loyiq», dedi To‘qayev.
Avvalroq, Qozog‘iston BMT Bosh Assambleyasining muqaddas kitoblarni tahqirlashga qarshi rezolyutsiyasiga hammualliflik qilgan edi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025