Jahon | 15:56 / 20.09.2023
19585
5 daqiqa o‘qiladi

Lvivga davomli hujumlar va harbiy zavodga borgan Putin. Urush suratlari

Ukrainada urushning 573-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga kamikadze dronlar bilan hujum qildi. Lvivda hujum oqibatida omborxonada yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
  • Xersonda rossiyaliklar snaryadi trolleybusga urildi. Politsiya serjanti halok bo‘lgan, tinch aholi vakillaridan ikki kishi jarohatlangan.
  • Konstantinovkadagi bozorda, katta ehtimol bilan ukrainlarning «Buk» zenit-raketa kompleksidan uchirilgan raketasi portlagan, deyiladi The New York Times surishtiruvida. Ukraina xavfsizlik xizmati esa Konstantinovkaga zarba ortida RF armiyasi turganini ta’kidlashda davom etmoqda.
  • Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida chiqish qildi. U o‘z nutqida «Ukraina o‘zining hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgan yadro arsenalidan voz kechgani, ammo keyingi voqealar aynan Rossiya yadroviy qurolsizlantirishga ko‘proq loyiq bo‘lganini ko‘rsatgani»ni aytgan.

Lviv va Xerson bo‘ylab zarbalar

19 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Lvivga dronlar bilan hujum qildi. Qulab tushgan omborxona xarobalari ostidan ikki kishi qutqarildi va bir jasad olib chiqildi. BBC Ukraina jurnalistlari qayd etishicha, Lvivga dronlar hujumi keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon eng uzoq davom etgan hujum bo‘ldi: u ikki soatga yaqin davom etgan.

Xuddi shu kuni RF armiyasi Xerson bo‘ylab zarba berdi. Snaryad shahar trolleybusiga kelib urilgan. 49 yoshli politsiya serjanti Andriy Tarchinskiy halok bo‘lib, tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.

Rossiya dronlari hujumidan keyin Lviv ustida ko‘tarilgan tutun
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lvivdagi sanoat korxonasi omborida chiqqan yong‘in
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati yong‘in suratlarini namoyish etgan

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Xersonda yonib ketgan omborxonadagi olovni o‘chirmoqda
Ukraina FVDX / AFP / Scanpix / LETA
Xersonlik politsiyachilar otishma vaqtida halok bo‘lgan xizmatdoshi Andriy Tarchinskiyning jasadi ustini yopmoqda
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zelenskiyning BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi

Ukraina prezidenti 19 sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasida chiqish qildi. U Rossiya Ukrainaga qarshi urushda barcha metodlardan — oziq-ovqat va energetika inqirozini yuzaga keltirishdan tortib bolalarni o‘g‘irlashgacha bo‘lgan harakatlardan foydalanaayotganini ta’kidladi. «Bu jinoyatlar uchun Xalqaro jinoiy sud sud Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan, ammo vaqt o‘tib ketmoqda. Biz ularni [ukrain bolalarini] uyga qaytarishga harakat qilmoqdamiz. Rossiyada ularni Ukrainadan nafratlanishga o‘rgatishmoqda», — deya qayd etgan Zelenskiy. Bundan tashqari, u «Ukraina o‘z yadro arsenalini topshirgani, ammo Rossiya ham qurolsizlantirilishi lozim bo‘lgani»ni qayd etgan.
Michael M. Santiago / Getty Images

Ukraina QK uchun dronlar ustida ishlayotgan ukrain muhandislari

Kiyevda Ukrainaning Airlogix kompaniyasining qirq nafar muhandisdan iborat jamoasi oyiga o‘nga yaqin dron ishlab chiqarmoqda. Kompaniyaning ilg‘or ishlanmalaridan biri — «Gor» tipidagi dron bo‘lib, u 3500 metr balandlikkacha ko‘tarilishi, 40 kilometrgacha uchishi va havoda ikki yarim soat vaqt davomida qolishi mumkin. Bundan tashqari, dron 80 marta kattalashtiruvchi suriladigan kamera bilan jihozlangan. Bunday apparat qiymati — 250 ming dollarni tashkil etadi.

Airlogix xodimi navbatdagi dron tayyorlanayotgan dronga kirmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Airlogix muhandislari ish ustida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Ijyevskda rossiyaliklar dronini ko‘zdan kechirayotgan Putin

Vladimir Putin 19 sentabr kuni Ijyevskdagi «Aeroskan» korxonasiga tashrif buyurdi, u uchuvchisiz uchar qurilmalar tayyorlash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. RF prezidenti «Aeroskan» bosh konstruktori Aleksandr Zaxarov bilan dronlarning eng yangi namunalari va maxsus qurilmalar, shuningdek, zavod o‘quv markazi bilan tanishdi.
Mixail Metsel / Sputnik / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid