Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar qonunchilik takliflarini parlamentga kiritishi mumkin bo‘ladi
Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga hukumat a’zolarining hisobotlari va davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish huquqi berilmoqda.
Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasida parlament palatalarining hamda qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan. Mazkur qonun loyihasi bilan 13 ta qonun, 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekani mustahkamlanmoqda. Ushbu qoidaning kiritilishi davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokini kengaytiradi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasidagi fraksiya rahbarining vakolatlari alohida moddada aniq belgilanmoqda. Parlament tekshiruvi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida tuziladigan birgalikdagi maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga hukumat a’zolarining hisobotlari va davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqish huquqi berilmoqda.
Yig‘ilish yakunida qo‘mita a’zolari qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi yakunlari hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olingan holda maromiga yetkazilishi haqida qaror qabul qildi. Qonun loyihasini konseptual jihatdan parlament majlisida ko‘rib chiqish uchun Kengashga taklif qilish masalasi hal qilindi.
Mavzuga oid
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025