Sport | 14:21 / 26.09.2023
7200
2 daqiqa o‘qiladi

Hangjou-2022. Muzaffarbek To‘raboyev – Osiyo O‘yinlari chempioni!

O‘zbekiston dzyudo milliy jamoasi delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Foto: MOQ

Osiyo O‘yinlaridagi bayroqdorimiz Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning Osiyo O‘yinlari-2022dagi beshinchi oltin medali sohibiga aylandi.U qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.

Muzaffarbek To‘raboyev chorakfinalda turkmanistonlik sportchini, yarimfinalda esa Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib finalga chiqqandi. 

Ma’lumot uchun, hozirgacha dzyudochilardan ikki sportchi oltin medalga ega chiqqandi. Dastlabki kunda Diyora Keldiyorova Osiyo O‘yinlari-2022 g‘olibiga aylangan bo‘lsa, dushanba kuni Murodjon Yo‘ldoshev chempionlikka erishgandi. Davlat Bobonov bugun kumush medaliga ega chiqqandi. Vakillarimiz dzyudo bo‘yicha hozircha umumjamoa hisobida jami 7ta medal (3ta oltin, 1ta kumush, 3ta bronza) bilan Yaponiyadan keyingi 2-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish joiz, To‘raboyevning oltin medali O‘zbekistonning Osiyo O‘yinlari-2022dagi 20-medaliga aylandi. Delegatsiyamiz hozircha 5ta oltin, 6ta kumush va 9ta bronza medaliga egalik qilib, umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid