Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston energiya resurslari ustidan bojxona nazoratini kuchaytiradi
Bu haqdagi bitim Qozog‘iston Senati tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Qozog‘iston Senati yalpi majlisida «Qozog‘iston Hukumati va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida energiya resurslarini Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali o‘tkazishda qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun tasdiqlandi.
Shartnoma 2021 yil 6 dekabrda Ostona shahrida O‘zbekiston prezidentining tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Hujjat doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali energiya zaxiralarini o‘tkazishda yagona bojxona nazorati qoidalari taklif etilgan.
Bitimdan ko‘zlangan maqsad ikki davlatning bojxona chegarasi orqali quvurlar va elektr uzatish liniyalari orqali o‘tkazilayotgan energiya resurslari ustidan nazorat samaradorligini oshirishdan iborat.
Bitimni ratifikatsiya qilish Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan energiya resurslariga nisbatan bojxona va tariflarni tartibga solish choralariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025