O‘zbekiston | 09:41 / 28.09.2023
34780
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida yong‘inni o‘chirish ishlariga vertolyotlar jalb qilindi

Toshkent shahar Sergeli tumanida yuzaga kelgan kuchli yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. 

Foto: Videodan kadr

Jarayonga vertolyotlar ham jalb qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda havodan suv tashlayotgan vertolyotlar aks etgan kadrlar tarqaldi

Bugun, 28 sentabr tungi vaqtda Toshkent shahar Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.

FVV yong‘in soat 05:02 da qurshab olingani, yong‘in maydoni qisqartirilib borilayotgani haqida xabar berdi.

«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yerusti halqa yo‘li «Quruvchilar» bekatining me’moriy qismiga yengil shikast yetgan.

 

Mavzuga oid