Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi yong‘in qurshab olingan - FVV
Foto: Gazeta.uz
O‘zbekiston FVV Sergeli tumanidagi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
«FVV xodimlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan.
FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in maydoni qisqartirilib borilmoqda.
Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda.
Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda. Voqea joyida FVV rahbarligida shtab tashkil etilgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025