Jahon | 10:11 / 29.09.2023
7559
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina Fasoda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Harbiy ma’muriyatning ma’lum qilishicha, isyonda ishtirok etganlarning aksariyati qo‘lga olingan.

Foto: AFP

Burkina Faso harbiy ma’muriyati 26 sentabr kuni sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinishning oldini olganini e’lon qildi.

Bayonotga ko‘ra, davlat razvedkasi va xavfsizlik kuchlarining hushyorligi tufayli davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha isyon bostirilgan.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, isyonga aloqadorlarning aksariyati qo‘lga olingan.

«Hukumat to‘ntarishga urinish tashabbusi ortida turgan barchani fosh qiladi», deyiladi bayonotda.

2022 yil 30 sentabrda Burkina Faso armiyasi mamlakatdagi hokimiyat harbiy boshqaruvga o‘tganini e’lon qildi. Kapitan Ibrohim Traore yangi davlat rahbari bo‘ldi va hozir ham hokimiyat tepasida.

Mavzuga oid