Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiyani kuzatish uchun Litvaga samolyotlar yuboradi
Uzoq masofadan radiolokatsion aniqlash va boshqarish bo‘yicha ikkita AWACS samolyoti Shaulyay hududiga yetib keladi.
Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya harbiy faoliyatini kuzatish uchun Litvaga uzoq masofadan radiolokatsion aniqlash va boshqarish bo‘yicha ikkita AWACS samolyotini yuboradi. Bu haqda NATO tarqatgan xabarda aytiladi.
Samolyot Shaulyay hududiga yaqin kunlarda yetib kelishi kutilyapti.
Alyans matbuot kotibi Dilan Uaytning aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Boltiqbo‘yi mintaqasida keskinlik kuchaygan.
«AWACS yuzlab kilometr uzoqlikdagi boshqa samolyotlar va raketalarni aniqlay oladi», dedi Uayt.
NATO samolyotlari Germaniyaning Gaylenkirxendagi aviabazasidan Litvaga yuboriladi. Litvada jami 150 nafar harbiy xizmatchi keladi va kamida bir necha hafta davomida mamlakatda qoladi.
2022 yil fevral oyida Ukrainada mojaro boshlanganidan beri AWACS samolyotlari Rossiya qiruvchilarini kuzatish uchun Sharqiy Yevropada yuzlab parvozlarni amalga oshirdi. Bundan tashqari, alyans sharqiy qanotda havodagi kuchlarini oshirdi. Mintaqaga ko‘plab qiruvchi samolyotlar, razvedka va kuzatuv samolyotlari, yonilg‘i samolyotlari joylashtirildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025