Jahon | 15:20 / 01.10.2023
18253
7 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi ukrain vertolyotlari va Xarkivdagi ko‘ngillilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 584-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlar va raketalar bilan hujum qildi. 30 drondan 16 tasi urib tushirilgan.
  • Rossiyaning Smolensk shahri meri shahar ustida beshta dron urib tushirilganini ma’lum qilib, aholidan uydan chiqmaslikni so‘ragan. Belgorod oblasti rahbari Shebekinodagi markaziy bozorga zarba berilganini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya urush yana bir necha yil davom etishiga tayyorlanmoqda.
  • AQSh Kongressi hukumat faoliyati to‘xtab qolishidan qochishga imkon beruvchi vaqtincha budjetni qabul qildi. Unda Ukrainaga harbiy yordam uchun xarajatlar ko‘zda tutilmagan.
  • Slovakiyada parlament saylovlarida sobiq bosh vazir, Ukrainaga harbiy yordam berilishiga qarshi Robert Fitsoning partiyasi g‘alaba qozondi.
  • Putin «Vagner» XHK komandiri Troshev bilan uchrashdi. Ular «ko‘ngilli tuzilma» tuzish masalasini muhokama qilishgan.
  • Kiyev ishtirokchilari Ukrainada qurol ishlab chiqarishni mo‘ljallagan xalqaro Mudofaa sanoati alyansi tuzmoqda. Ukraina TIV xabariga ko‘ra, alyansga allaqachon 19 mamlakatdan 38 kompaniya qo‘shilgan.
  • Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning «yangi regionlari» [Rossiya hukumati Ukraina oblastlarining anneksiya qilib olishga urinayotgan oblastlarini shunday ataydi] kelgusida ko‘payishi haqida gapirdi.
  • Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina qurolli kuchlari uchun 27 mingdan ortiq harbiy xizmatchini tayyorlamoqda, deya xabar berdi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. 2024 yil boshiga qadar ularning soni 40 mingga yetishi ko‘zda tutilgan.

Donetsk oblastidagi ukrain vertolyotchilari

Ukraina qurolli kuchlari texnigi Donetsk oblastidagi aerodromda Mi-8 vertolyoti rotorini tekshirmoqda. Yo‘qotishlarga qaramay, armiya aviatsiyasi ukrain qo‘shinini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Urush boshidan buyon Ukraina kamida 37 vertolyotdan ayrilgani ma’lum.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina vertolyotlarining asosiy quroli «havo — yer» tipidagi boshqarilmaydigan raketalar bo‘lib qolmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi pulemyot bilan Mi-8 vertolyotida. Aviatsiya nafaqat havodan zarbalar bilan quruqlik qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlab turadi, balki ularga o‘q-dori yetkazib ham beradi, shuningdek yaradorlarni evakuatsiya qiladi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning Mi-8 vertolyoti piloti Donetsk oblastida jangovar topshiriqni bajarishga yo‘l olmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari armiya aviatsiyasining Donetsk oblastidagi aerodrom ochiq maydonda barpo etiladi. Rossiyaliklarning zarbalaridan saqlanish uchun vertolyotlarning joylashuvi tez-tez o‘zgartiriladi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining yarador askarlari Baxmut yaqinidagi tibbiyot punktida 

Baxmut yaqinidagi tibbiyot punktiga yaradorlarning yangi partiyasi olib kelinmoqda. Ukraina QK shahardan janubdagi ikki qishloq - Kleshchiyevka va Andriyivkani ozod etgan, endi esa rossiyaliklarning Horlivka — Baxmut temiryo‘li bo‘ylab joylashgan yangi mudofaa chizig‘i shturm qilinmoqda.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut frontidagi tibbiyot punktiga keltirilgan ukrainalik yarador askar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik shifokorlar Baxmut yaqinida yaradorlarga yordam ko‘rsatmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina QK tibbiyot punktida yarador askarning devorga ilingan qo‘lqopi va ikonka
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining okkupatsiya qilingan hududlaridan kelgan qochqinlar uchun boshpana 

Jitelnitsa Xarkova Svetlana sovmestno s volonterami blagotvoritelnoy organizatsii ustroila priyut dlya bejyensev v sobstvennom dome
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
V xarkovskom priyute Svetlany bejyensy provodyat neskolko dney, posle chego blagotvoritelnyye organizatsii otpravlyayut ix vglub strany
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainaliklar okkupatsiya qilingan hududdan Rossiyaning Belgorod oblastiga o‘tishadi, u yerdan esa humanitar yo‘lak orqali Sumi va Xarkiv oblastlariga — Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarga qaytish mumkin.
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Okkupatsiya qilingan hududdan kelgan qochqinlar oilasi qizi Xarkivdagi boshpana hududida
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkivdagi ko‘ngillilar ishi

Xarkiv oblasti Volchansk shahri aholisi vakili Qizil Xoch ko‘ngillilari tomonidan evakuatsiya qilinmoqda. Bu region Rossiya tomonidan o‘qqa tutib turiladi, mashinadagi ukrainalik ayolning uyi jiddiy shikastlangan.
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Volchanskdan olib ketuvchi yo‘l
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik o‘ziga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan ko‘ngilliga eski fotoni ko‘rsatmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv aholisi vakili ko‘ngillilarni kutib olishi
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Bemorlarni qabul qilish uchun vaqtincha joyga aylantirilgan yerto‘lada xarkivlik ayolga yordam ko‘rsatayotgan ko‘ngilli
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Otishmalar ostidagi evakuatsiya
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblasti. Okkupatsiya vaqtida qiynoqlardan keyin o‘ldirilgan tinch aholi vakili jasadining eksgumatsiyasi 

Yuriy Krivichning eksgumatsiya jarayoni
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid