Jahon | 09:07 / 02.10.2023
4729
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya janubi-sharqidagi yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi

Mursiya shahridagi yong‘in diskotekaning tomida boshlangan, shundan so‘ng yong‘in butun ko‘ngilochar markazga tarqagan.

Foto: Foto : José Ballesta/Twitter

Ispaniya janubi-sharqidagi Mursiya shahrida uchta diskotekaga ega ko‘ngilochar markazda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi dpa 1 oktyabr, yakshanba kuni. 

Yana to‘rt kishi turli darajada og‘ir jarohatlar oldi. Favqulodda xizmatlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8 da bino ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Qutqaruvchilar kun bo‘yi vayronalarni tozalashni davom ettirib, qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Shahar meri uch kunlik motam e’lon qildi. 

Yong‘in yakshanba kuni ertalab boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olov tomdagi diskotekalardan birida yuzaga kelgan, shundan so‘ng u tezda markazning butun hududiga tarqalib ketgan. Yong‘inning aniq sabablari hozircha noma’lum. 

Mavzuga oid