Jahon | 23:02 / 10.10.2023
9124
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya BMT Inson huquqlari kengashiga qayta olmadi 

Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan so‘ng 2022 yil aprel oyida Rossiya Kengashdan chiqarib yuborilgan edi. 

Foto: A

Rossiya BMT Inson huquqlari kengashiga qaytishga urindi, ammo Yevropaning uchta arizachi davlati orasida eng kam ovozni oldi. Jahon agentliklariga ko‘ra, 10 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida yashirin ovoz berish chog‘ida Rossiya 83 ta ovoz to‘pladi. Uning raqiblari Bolgariya va Albaniya mos ravishda 160 ta va 123 ta ovoz oldi. 

2022 yil aprel oyida, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan so‘ng, Rossiya Kengashdan chiqarib yuborildi, ammo endi unga qaytishga umid qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari kengashi tarkibiga 47 ta davlat kiradi. Ular dunyoning turli mintaqalarini ifodalaydi, ularning har biri ma’lum bir kvotaga ega. 

Bu yil ikkita mintaqaviy guruh Kengashda mavjud bo‘lgan o‘rinlardan ko‘proq nomzodlarni ilgari surdi: Braziliya, Kuba, Dominikana Respublikasi va Peru Lotin Amerikasi uchun (uchta o‘rin), Albaniya, Bolgariya va Rossiya esa Sharqiy Yevropa uchun da’vogarlik qildi (ikkita o‘rin).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid