BMT: G‘azoda 260 ming kishi Isroil hujumlari tufayli uyini tark etdi
G‘azo sektorining 175 mingdan ortiq aholisi BMT maktablarida boshpana topdi.
Isroil havo hujumlari tufayli G‘azo sektorida 260 mingdan ortiq kishi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Bu haqda BMTning humanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (HMMB) bayonotida aytiladi.
«G‘azo sektorida 263 934 dan ortiq odam o‘z uyini tark etgani taxmin qilinmoqda», — deyiladi bayonotda.
G‘azo sektorining 175 mingdan ortiq aholisi BMT maktablarida boshpana topdi. Buni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) ma’lumotlari tasdiqlaydi.
UNRWA ta’kidlashicha, ular agentlikning G‘azodagi 88 ta ta’lim muassasasida joylashgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harbiy qanoti brigadalari Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar uchirildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni Isroilning G‘azo sektori va G‘arbiy sohilda uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 950 nafarga yetganini ma’lum qildi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, yaradorlar soni - 5 ming kishi.
Bundan tashqari, 8 nafar jurnalist Isroilning G‘azoga bergan zarbalari qurboni bo‘ldi.
OAVning Isroil rasmiylariga tayanib xabar berishicha, oxirgi hujumlarda kamida 1200 isroillik halok bo‘lgan va 2600 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
14:17
Baxtiyor Saidov yahudiy rohibining o‘limi munosabati bilan Isroil elchisiga hamdardlik bildirdi
19:34 / 25.11.2024
OAV: Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
16:57 / 25.11.2024
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51 / 25.11.2024