Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi
Yunusobod tumanida Spark piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
13 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Spark rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Kadrlarda Spark haydovchisining tezlikni oshirib, uchinchi qatorga o‘tish yo‘lini o‘zgartirayotgani, shu payt ayolning yo‘ldan o‘tayotgani aks etgan.
Gazeta.uz'ning yozishicha, to‘qnashuv taxminan soat 8:50 da Toshkentning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida 1953 yilda tug‘ilgan ayol tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025