Jahon | 20:08 / 26.10.2023
18248
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Isroil zarbalaridan keyin G‘azoning sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi

Isroil armiyasi uch haftadan buyon G‘azo sektorini o‘qqa tutmoqda. 

HAMAS harakati a’zolarining 7 oktyabr kungi hujumiga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektori bo‘ylab havo zarbalarini davom ettirmoqda. TsAHAL rasmiylari zarbalar nishoni HAMASga aloqador obektlar bo‘layotganini ta’kidlab kelmoqda. Xususan, Isroil armiyasi bergan xabarga ko‘ra, 26 oktyabrga o‘tar kechasi sektor hududidagi 250 dan ortiq nishonga zarba berilgan. HAMAS nazorati ostidagi G‘azo sektori ma’muriyati aviazarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 6500 dan ortiq ekanini ma’lum qilgan. Bu ma’lumotlarni mustaqil manbalardan tekshirish hozircha imkonsiz. Isroil tomoni HAMAS tinch aholidan «jonli qalqon» sifatida foydalanayotgani va odamlar G‘azo sektorining janubiy qismiga evakuatsiya bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotganini da’vo qilmoqda. Maxar Technologies kompaniyasi sektor bo‘ylab yo‘llangan zarbalar oqibatlari ko‘lamini aks ettiruvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etdi.

Beyt-Xanun

Beyt-Xanun — G‘azo sektori shimoli-sharqidagi, 30 ming kishi yashaydigan shahar. Yuqoridagi tasvir 2023 yil 1 mayda, pastdagisi — 2023 yil 21 oktyabrda olingan.
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Yuqoridagi tasvir 2023 yil 10 oktyabrda, pastdagisi — 2023 yil 21 oktyabrda olingan
Maxar Technologies/Handout via REUTERS

Al-Atatra

Al-Atatra — Beyt-Laxiyaning chekka hududi — G‘azo sektori shimoli-g‘arbida joylashgan. Yuqoridagi foto 2023 yil 10 mayda, pastdagisi — 2023 yil 21 oktyabrda olingan.
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA

Al-Karama

CNN’ning yozishicha, tasvirlarda G‘azo sektori shimolidagi Al-Shati qochqinlar lageri hududi aks etgan. Yuqoridagi foto 2023 yil 10 mayda, pastdagisi — 2023 yil 21 oktyabrda olingan.
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid