Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan iroqlik qochqinni deportatsiya qiladi
Uning boshpana so‘rab yozgan arizasida yolg‘on ma’lumotlar borligi aniqlangan.
Shvetsiya migratsiya ma’muriyati iroqlik qochqin Salvon Momika nomiga berilgan yashash uchun ruxsatnomani bekor etish va uni mamlakatdan deportatsiya qilish haqida qaror chiqardi. U iyuldan sentabrgacha Qur’onni yoqish bo‘yicha to‘rtta ommaviy tadbirni amalga oshirgan edi.
«Qaror 25 oktyabr kuni qabul qilingan. Bu uning (qochqinlik) maqomi va yashash uchun ruxsatnomasi bekor qilinganini anglatadi. Shuningdek, u deportatsiya qilinadi», dedi mamlakat migratsiya departamenti vakili Esper Tengrut TV4 telekanaliga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, deportatsiya haqidagi qaror boshpana so‘rab yozilgan arizadagi yolg‘on ma’lumotlar bilan bog‘liq. Deportatsiyadan tashqari, Momikaga Shvetsiyaga 5 yil davomida qaytish man etiladi.
Migratsiya departamenti iroqlik qochqinga boshqa davlatdan yashash uchun ruxsat olishga vaqt bergan, chunki Salvon Momika vatanida «qiynoqqa solinish xavfi» bor. Biroq Momika Shvetsiyani tark etish niyatida emasligini va migratsiya departamenti qarori ustidan shikoyat qilishini aytgan.
Shvetsiyaning SVT telekanali qo‘shimcha qilishicha, Momika 2021 yil aprel oyida mamlakatda immigrant sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va uch yil muddatga yashash uchun ruxsatnoma olgan.
Salvon Momika iyundan sentabrgacha Shvetsiyada Qur’onni yoqish bo‘yicha to‘rtta tadbir o‘tkazdi. Iroq bunga javoban Shvetsiya bilan diplomatik aloqalarni uzib, elchisini Bag‘doddan chiqarib yuborgan edi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025