Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
Shayxontohur tumanida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 28 oktyabr kuni soat 06:58 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Bo‘ston» MFY, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ekobozor» majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:04 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:19 o‘rab olingan va soat 07:26 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo majmuasining 80 kv m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning harakatlari natijasida savdo majmuasining 7000 kv m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025