NATO bosh kotibi: G‘azo sektorida tinch aholi hayotini himoya qilish kerak
Yyens Stoltenberg HAMASning Isroilga hujumini qoraladi va bu davlat rasmiylarini javob choralari chog‘ida G‘azo sektoridagi tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Yyens Stoltenberg Foto: Alexandra von Nahmen/DW
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg HAMASning Isroilga hujumini qoraladi va Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy javobi xalqaro qonunlarga muvofiq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 31 oktyabr, seshanba kuni Osloda bo‘lib o‘tgan Shimoliy mamlakatlar kengashi yig‘ilishida Stoltenberg: «HAMASning Isroilga hujumlarini qoralaymiz. Shu bilan birga, Isroilning javobi xalqaro huquq doirasida amalga oshirilishi muhim», dedi. NATO bosh kotibi, shuningdek, tinch aholi hayotini himoya qilish va insonparvarlik yordami uchun G‘azo sektoriga kirishni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Eron, «Hizbulloh» va boshqa guruhlar mavjud vaziyatni suiiste’mol qilmasligi va Yaqin Sharqdagi keskinlikni kuchaytirmasligi kerak, dedi Yyens Stoltenberg. «Ushbu urush yirik mintaqaviy mojaroga aylanib qolmasligi ham muhim», - deya qo‘shimcha qildi u.
NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda butun dunyo guvohi bo‘lgan iztiroblar «mojaroga uzoq muddatli, tinch siyosiy yechim topish yo‘lidagi mehnatdan voz kechmaslik kerakligini yana bir bor eslatib qo‘ydi».
Shimoliy kengash 1952 yilda tashkil etilgan. Bu Skandinaviya mamlakatlari: Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Islandiya, shuningdek, Aland orollari avtonom viloyatlari, Farer orollari va Grenlandiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy tashkilotdir.
Mavzuga oid

20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA

15:57 / 14.05.2025
G‘azoda shifoxonaga zarba oqibatida o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda

07:29 / 14.05.2025
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

07:41 / 09.05.2025