Kreml Yevroittifoq Qozog‘istondan uran importini oshirishiga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi OAVda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Qozog‘istondan YeIga uran sotib olish hajmini oshirish niyatida ekani xabarlarga izoh berdi.
Raqobatga qaramay, Rossiya tomonining uran bozoridagi mavqeyini yetarlicha baholash kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Qozog‘istondan YeIga uran eksportini oshirish niyatida ekani haqida OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga izoh berar ekan, ma’lum qildi.
«Uran bozoriga kelsak, ha, u raqobatbardosh. Ammo bu holatda Rossiya tomonining ushbu bozordagi mavqeyini yetarlicha baholash kerak», — deya Peskovning so‘zlarini keltiradi Rossiya OAV.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Qozog‘istonga tashrifiga izoh berish so‘roviga javoban Peskov respublika boshqa davlatlar bilan munosabatlarni o‘z xohishiga ko‘ra rivojlantirayotganini aytdi.
«Qozog‘iston suveren davlat va, albatta, barcha davlatlar bilan munosabatlarni o‘z xohishiga ko‘ra rivojlantiradi», dedi Kreml vakili.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida «tarixiy munosabatlar, strategik sheriklik munosabatlari» mavjud. «U bizning ittifoqchimiz, bizning manfaatlarimiz ko‘plab integratsiya formatlarida birlashtirilgan. Va biz Qozog‘iston bilan o‘z munosabatlarimizni rivojlantirmoqdamiz, biz buni juda qadrlaymiz va bu holatda Ostona tomonidan to‘liq javob harakatlarini ko‘ryapmiz», - deya xulosa qildi Peskov.
1 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston va Fransiya prezidentlari qo‘shma bayonot qabul qildi, oltita bitim imzolandi. Qozog‘iston va Fransiya o‘rtasida strategik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyaga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, jahondagi jami uran qazib olishning 40 foizdan ortig‘i Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq OAV Makron Qozog‘istondan Fransiya yadro inshootlariga uran yetkazib berishni kengaytirishga intilayotgani haqida xabar bergan edi.
Fransiya va Yevropa Ittifoqi ilgari Niger va Rossiyadan uran import qilgan, biroq Nigerdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng yangi harbiy ma’muriyat respublikaga uran yetkazib berishni to‘xtatdi, Rossiyadan ta’minot esa Ukrainadagi urush tufayli sanksiyalar tahdidi ostida qoldi.
Mavzuga oid
17:47 / 22.11.2024
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
10:10 / 15.10.2024
Peskov BND rahbarining RF NATO uchun xavfli ekani haqidagi bayonotini rad etdi
13:30 / 03.10.2024
Peskov: Berlin hozircha Moskva bilan muloqot bo‘yicha aloqaga chiqmadi
08:30 / 30.09.2024