Jahon | 15:52 / 13.11.2023
13636
4 daqiqa o‘qiladi

Arvoh shaharga aylangan Liman va frontdagi qo‘lbola tizimlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 627-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Mikolayiv oblastiga uchta raketa bilan zarba yo‘lladi. Raketalardan biri havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Zarba oqibatida «kritik vayrongarchiliklar va jabrlanganlar yo‘qligi» ma’lum qilingan.
  • AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Ukraina va Isroilga yordam uchun xarajatlar ko‘zda tutilmagan budjet loyihasini muhokamaga kiritdi. Oq uydagilar buni «nojiddiy» deb atadi.
  • Xersonda Rossiya zarbalari oqibatida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan, Gonchar nomidagi oblast kutubxonasi binosi shikastlangan.
  • Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi ma’lum qilishicha, 11 noyabr kuni partizanlar Rossiyaning Melitopoldagi shtabida portlash amalga oshirgan, uning natijasida kamida uch nafar ofitser halok bo‘lgan. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.

Ozod etilgan Limandagi hayot

Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan strategik muhim shahardir. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallab olgandi — UQK uni faqat 1 oktyabrga kelib o‘z nazoratiga qaytaradi, bu Rossiya «DXR» va «LXR», shuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan qismlari anneksiya qilinganini e’lon qilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgandi. Ozod etilgan Liman bugun quyidagicha ko‘rinishda.

Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Zaporijjya oblastida Ukrainaning mini-«Grad»lari

Mini-«Grad» — pikap asosidagi mobil raketa qurilmasi bo‘lib, uning yukxonasida raketalarni uchirish uchun trubalar paketi joylashtirilgan. Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida bunday baravar o‘t ochish tizimlarini faol qo‘llamoqda. Amerikaning Urushlarni o‘rganish institutiga (ISW) ko‘ra, Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda yurish amaliyotlarini davom ettirmoqda (Ukraina QK bosh shtabi raqibning hujumlari natija keltirmayotganini ma’lum qilgan).

«Anadolu» agentligi bilan suhbatda «Gall» chaqiruv belgisiga ega ofitser aytib berishicha, ukrain armiyasi bir yildan buyon mini-«Grad» tizimlaridan foydalanmoqda. «Bunday tizimlarni qo‘llashdan maqsad shundaki, ular nisbatan mobil. Qolaversa, ularni front chizig‘ida payqash oson emas, bu esa oldingi pozitsiyalarga imkon qadar yaqin borish imkonini beradi, bu esa qo‘shimcha ustunlik deganidir», — deya izohlagan harbiy.

Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina QKning Baxmut atrofidagi tibbiyot punkti 

5-alohida shturm brigadasining harbiy vrachi Tatyana ukrainalik yarador harbiy xizmatchi Mixayloni Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi tibbiyot punktidan olib ketmoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Tibbiyot punkti devorida bolalar chizgan suratlar
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi tibbiyot punktidagi ikona
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid