O‘zbekiston | 18:50 / 13.11.2023
6126
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqanddan Izmirga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
SunExpress aviakompaniyasi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlarni boshladi.
Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi Samarqand va Izmir o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
13 noyabr kuni Izmirdan parvoz qilgan samolyot birinchi marta Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Qayd qilinishicha, SunExpress mazkur yo‘nalishda muntazam qatnovlarni haftada ikki marotaba, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiradi. Samolyot Izmirdan soat 22:05 da uchadi, Samarqandga soat 4:40 da qo‘nadi. O‘z navbatida, Samarqanddan soat 5:40 da uchib ketadi va Izmirga soat 9:05 da yetib boradi. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
11:13
Turkiya “Markaziy Osiyo” atamasini “Turkiston”ga o‘zgartiradi
14:50 / 10.10.2024
Discord messenjeri Rossiyadan keyin Turkiyada ham bloklandi
18:18 / 08.10.2024
Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:34 / 07.10.2024