Jahon | 16:39 / 22.11.2023
15470
7 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv atrofida qor, Peterburgda armiya uchun xayriya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 636-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Volodimir Zelenskiy Pentagon rahbari bilan muzokaralardan keyin Vashington Ukraina qurolli kuchlariga yangi harbiy yordam paketi ajratganini aytdi. Uning hajmi hozircha noma’lum.
  • Ukraina va Rossiya jasadlar almashinuvini amalga oshirdi. Kiyevga 94 nafar harbiy xizmatchining jasadi qaytarilgan. Moskvaga qancha jasad yuborilgani — noma’lum.
  • Germaniya Ukrainaga 1,3 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratilganini e’lon qildi.
  • Yaroslavlda to‘rt o‘smirning ritual marosimda o‘ldirilishida ayblanib qamalgan Nikolay Ogolobyak Ukraina bilan urushdagi ishtiroki uchun afv etilgani ma’lum bo‘ldi.
  • «DXR»da sud ukrainalik harbiy Oleksandr Svinarchukni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, uning buyrug‘i bilan Mariupolda tinch aholi vakillari bo‘lgan 21 kishi o‘ldirilgan.
  • ABC News xabariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga yetkazib berilayotgan snaryadlar hajmini 30 foizdan ko‘proq miqdorda qisqartirgan.

Maydanning o‘n yilligida «Samoviy yuzlik» yodgorligi

2013 yil 21 noyabr kuni kiyevliklar shahar markaziga yig‘ilgandi, bunga Ukraina hukumati Yevroittifoq bilan assotsiatsiya bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashga tayyorgarlikni to‘xtatishga qaror qilgani sabab bo‘lgandi. Bu qarorni Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Viktor Yanukovich qo‘llab-quvvatlaydi. Yevromaydan (Ukrainada buni «revolyutsіya gіdnostі», ya’ni «qadr-qimmat inqilobi») shunday boshlangandi. 

YeI bilan assotsiatsiya tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 104 namoyishchi va huquq-tartibot organlarining 17 xodimi halok bo‘ladi, Yanukovich Rossiyaga qochib ketadi, Ukrainada esa navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi— va yevrointegratsiya tarafdorlari hokimiyatga kelishadi. Hokimiyat almashinuvidan bir necha hafta o‘tib Rossiya Qrimni anneksiya qiladi, keyin esa Donbassga bostirib kiradi.

Kiyevda 2023 yil 21 noyabr kuni Qadr-qimmat va erkinlik kuni nishonlandi. Prezident Volodimir Zelenskiy ukrainlarga shunday murojaat qildi:

O‘n yil muqaddam ukrainlar o‘zlarining ilk qarshi hujumini amalga oshirgandi. Qonunsizlikka, bizni Yevropa kelajagidan mahrum etishga urinishga qarshi. Erksizligimizga qarshi. O‘n yil oldin odamlar nafaqat biror narsaga qarshi, balki birinchi navbatda o‘zlari uchun birlashishdi. Har kim har kim uchun.

2014 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish tarafdorlarining ommaviy namoyishi vaqtida o‘ldirilgan ukrainlar xotirasiga o‘rnatilgan «Samoviy yuzlik» yodgorligidagi askar
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida Selidovo shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari

21 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Donetsk oblastining Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida qolayotgan Selidovo shahriga to‘rtta raketa bilan zarba yo‘lladi. Selidovo oblast markazidan taxminan 40 kilometr masofada joylashgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDX) ma’lumotiga ko‘ra, ikki raketa shifoxona hududiga urilgan, uning ikki binosi shikastlangan. Keyingi ikki raketa zarbasi shaxta bo‘ylab berilgan: 39 nafar konchi yer ostida qamalib qolgan (keyinroq qutqaruvchilar ularni yer yuzasiga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan).

Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan (ulardan biri — konchi, ikkinchi jasad shifoxona binosi xarobalari ostidan olib chiqilgan). Sakkiz kishi jarohat olgan.

Selidovdagi vayron bo‘lgan shifoxonaning ko‘rinishi
Ivan Lyubysh-Kirdey / Reuters / Scanpix / LETA
Selidovdagi shifoxona xodimi vayron bo‘lgan binoga kirishda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
O‘qqa tutishdan keyin shifoxonadagi vaziyat
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
FVDX xodimlari o‘qqa tutilgan hududda ishlamoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina harbiylarining Xarkiv yaqinidagi pozitsiyalari 

Ukrainalik harbiy xizmatchi Xarkiv oblastidagi jangovar pozitsiyada
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Boshpanadagi ukrain harbiylari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik jangchi snaryad tashimoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
O‘ziyurar artilleriya qurilmasi ichidagi askar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiyaning yakson etilgan tankini qor bosgan. 2023 yil 21 noyabr
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

UQKning Xarkiv oblastidagi ta’mirlash sexi

Voyennyy v masterskoy remontnoy chasti Ukraina QKning Xarkiv oblastidagi 4-tank brigadasi ta’mirlash qismi ustaxonasidagi harbiy. Orqa planda — shikastlangan T-72 tanki
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Mexaniklar BREM-1 zirhli evakuatsiya mashinasini ta’mirlamoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Mexanik Anatoliy T-72 tankini tuzatmoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
«Fransuz» laqabli mexanik ta’mirlangan T-64 tanki ustida
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Peterburgda RF armiyasi ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish haqidagi e’lon 

Rossiya qo‘shinining Ukraina frontida shikastlangan tibbiy avtomobili yonidan o‘tayotgan ayol. Mashina RF armiyasi texnikasi (jumladan, tibbiy texnikalar) uchun xayriya mablag‘lari yig‘iladigan xayriya fondi ofisi yaqiniga qo‘yilgan.
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA

Liman yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar

Rossiyalik harbiylar 2A65 «Msta-B» gaubitsasidan ukrainlarning Liman yaqinidagi pozitsiyalariga o‘t ochmoqda — bu okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 100 kilometr shimoldagi strategik muhim shahar. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallab olgandi — UQK uni o‘sha yil 1 oktyabrida o‘z nazoratiga qaytaradi.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
RF QK jangchilari «Msta-B» gaubitsasi bilan
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid